Pro liga. “Olimpik MobiUZ” o‘z uyida “Respublika FA”ni mag‘lubiyatga uchratib, mavsumdagi ilk g‘alabasini tantana qildi
Pro liganing 4-turidan o‘ring olgan so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bu bosqichda “Olimpik MobiUZ” o‘z uyida “Respublika FA” ni qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Dastlab, uchrashuvning 14-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Saidxon Hamidov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Bahsning 83-daqiqasida esa Jo‘rabek Jo‘raev gol kiritib muvozanatni tiklashga erishdi, 86-daqiqada esa Begis Kuanishbaev goli “Olimpik MobiUZ”ga muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritishga yordam berdi.
- O'zbekiston - Pro Liga
- Joriy Mavsum
Olimpik Mobiuz
- Jurabek Juraev 83'
- Begis Kuanishbayev 85'
Tugadi
2
:
1
21.04.2026 18:00
Respublika
- Saidkhon Khamidov 13'

Fikrlar