Professional boks. Mağlubiyatga uchramagan ikki super-yulduz oʻrtasida jang tashkil etilishi mumkin!

  • 06.08.2026 16:29
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amerikalik taniqli bokschi Jervonta Devis (30-0-1, 28 KO) nihoyat jimlikni buzdi.

Baltimorlik deyarli 16 oydan beri ringga ko‘tarilmayotgan edi. Endi u mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan chempion Devin Xeyni (33-0, 15 KO) bilan jang qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va shu bilan birga engil vazn toifasini tark etib, murabbiyinini almashtirish masalasini ham o‘ylayapti.

Dushanba kuni ijtimoiy tarmoqlardagi bahsga sabab bo‘lgan holat shundan boshlandi: Devis o‘zining X sahifasida “Katta burin uchun ketyapman… Kel, jang qilamiz”, deb yozdi. Bunga javoban 33 g‘alaba (15 nokaut) bilan mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Xeyni “Seni puling yo‘q. Ayni damda katta mablag‘ga muhtojsan”, deya yozib, Devisdan "Premier Boxing Champions" asoschisi Al-Xaymon bilan bog‘lanishni so‘radi.

Ma’lumot uchun, Devin Xeyni ayni paytda yarim o‘rta vaznda WBO chempioni hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!