Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Professional boks. Otabek Xolmatov raqibni "ezib tashladi"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 1

Hamyurtimiz g‘alaba qozondi.

Xabaringiz bor, ayni paytda Qozog‘istonning Olma-ota shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborlisi, unda ishtirok etayotgan hamyurtlarimizdan biri Otabek Xolmatovning jangi yakunlandi.

8 raund etib belgilangan bahs muddatdan avval o‘z nihoyasiga etdi. Hamyurtimiz filippinlik Jeyson Kanoga barcha raundlarda "zarbalar yomg‘iri"ni yog‘dirdi. So‘nggi raundga kelib, raqib bunga bardosh bera olmadi. Shu tariqa Xolmatov 8-raundda Jeysonni texnik nokautga uchratdi.

Mazkur g‘alaba Xolmatovning faoliyatidagi o‘n uchinchisi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni Bahodir Jalolov va Ukraina vakili Igor Shevadzutskiy to‘qnashuvi kutmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q