«PSJ» «Arsenal» futbolchisi uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor
«PSJ» Bukayo Saka uchun katta pul sarflashga tayyor
«Arsenal» jamoasi vingeri Bukayo Saka «PSJ» klubi diqqat markaziga tushdi. Bu haqida Goals Zone nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Parij klubi angliyalik futbolchi transferi uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor. «PSJ» rahbariyati Sakani jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Gonsalu Ramush uchun munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Bukayo Saka «Arsenal» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar