PSJ – "Arsenal" oʻrtasidagi finalga bosh hakam tayinlandi

  • 11.05.2026 18:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA Chempionlar ligasi finali uchun bosh hakamni ma’lum qildi.

Germaniyalik hakam Daniyel Zibert PSJ hamda "Arsenal" oʻrtasidagi hal qiluvchi uchrashuvni boshqarib boradi. Final bahsi 30 may kuni Pushkash Arenada boʻlib oʻtadi.

Zibertga qanot hakamlari sifatida hamyurtlari Yan Zaydel va Rafael Foltin yordam beradi. Toʻrtinchi hakam etib shveytsariyalik Sandro Sherer tayinlangan boʻlsa, zahira hakami vazifasini ispaniyalik Guadalupе Porras Ayuso bajaradi.

VAR tizimi uchun javobgarlikni Germaniya vakili Bastian Dankert oʻz zimmasiga oladi. Unga Robert Shreder hamda Karlos del Serro Grande assistentlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Zibert joriy Chempionlar ligasi mavsumida 9 ta uchrashuvni boshqardi. U mazkur bahslarda 41 ta sariq, 2 ta qizil kartochka koʻrsatgan va 1 marta penalti belgilagan.

Shuningdek, u "Sporting" – "Arsenal" (0:1), "Arsenal" – "Atletiko" (1:0) hamda "Atletik" – PSJ (0:0) uchrashuvlarida ham ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!