PSJ baribir o‘z maqsadiga erishmoqchi
Frantsiyaning PSJ klubi Italiyaning "Napoli" jamoasi himoyachisi Kalidu Kulibalini sotib olishga bel bog‘lagan. Italyan nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra, parijliklar 28 yoshli futbolchiga 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma taklif qilmoqda.
Senegallik himoyachining yillik maoshi esa 10 mln evroni tashkil etadi va bundan tashqari qo‘shimcha bonuslarni o‘z ichiga olishi ham aytilmoqda. Ilgariroq neapolliklar Kulibalining transferidan kamida 100-110 mln evro daromad qilishni rejalashtirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar