PSJ "Barsa"ga qarshi bahs oldidan yulduzidan ayrildi
Seshanba kuni Chempionlar ligasida musobaqaning amaldagi g‘olibi PSJ o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qiladi.
Biroq Liga 1 yetakchilaridan biri hisoblangan Nunu Mendes ushbu uchrashuvda maydonga tushmasligi ehtimoldan xoli emas. Bu haqida Le Parisien nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik yulduz himoyachi Fransiya chempionati doirasida «Strasburg»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan. Shu bois u «Barselona»ga qarshi bahsni katta ehtimol bilan o‘tkazib yuborishi aytilayapti.
Eslatib o‘tamiz, shanba kechqurun PSJ safarda «Strasburg» ustidan irodaviy g‘alabaga erishdi – 3:1. Parij jamoasi tarkibida Ilya Zabarniy, Usmon Dembele va Dezire Dué gol mualliflari bo‘lishdi.
PSJ – «Barselona» uchrashuvi seshanba, 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Nunu Mendes o‘yinga tayyor bo‘lmasa, parijliklar himoyasining chap qanotida katta ehtimol bilan Lyuka Din harakat qiladi.

Fikrlar