PSJ “Barsa” yulduziga 120 million evro tikdi
PSJ moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, “Barselona”ning asosiy yulduzlaridan biri Pedrini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, bu transfer tashabbusi parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikedan chiqqan. Ispan mutaxassisi o‘z oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun tarkibni o‘ziga moslashtirmoqchi.
Klub rahbariyati bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatlash tayyor. Parijliklar 21 yoshli yarim himoyachi uchun 120 million evro tikishdan qochmaydi.
Pedrining shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan. Transfermarkt futbolchini 80 million evroga baholagan.
Fikrlar