
PSJ "Barsa”dan futbolchi kutyapti
Parij klubi rahbariyati “Barselona”dan futbolchi olishni rejalashtirmoqda. Bu gal parijliklar himoyachi Jan-Kler Todiboni ko‘zlamoqda.
20 yoshli futbolchi “Barselona”ning kelasi mavsumdagi rejalariga kirmaydi va joriy mavsumni ham ijara asosida Bundesligada o‘tkazdi.
Bir yil muqaddam “Tuluza”dan 1 million evro evaziga sotib olingan Todibo “Barsa”ning millioner o‘yinchilari bilan raqobat qilolmaydi. Shundan bo‘lsa-da, uning transfer summasi ancha ko‘tarilib, PSJ uni Frantsiya chempionatiga qaytarish uchun kataloniyaliklarga 14 million evro to‘lashi kerak.
Fikrlar