PSJ "Barselona" va APL grandlari qiziqayotgan hujumchini sotib olmoqchi

  • 17 noyabr, 17:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares transferi haqida o‘ylamoqda.

Tecno

Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikega 25 yoshli argentinalik futbolchining o‘yinini yoqmoqda va uni PSJ hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ideal nomzod deb hisoblamoqda.

Jurnalist Sasha Tavolerining Sky Sports nashriga ma’lum qilishicha, Parij klubi bir necha haftadan buyon transfer masalasini o‘rganmoqda, Alvaresning o‘zi esa Enrike qo‘l ostida o‘ynashdan mamnun bo‘lardi.

Xulianga "Barselona" va APLning bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda, ammo Argentina terma jamoasi safidagi jahon chempioni Angliyaga qaytishni istamayapti. Agar klublar kelishuvga erishsa, u PSJga o‘tishga tayyor.

Ta’kidlanishicha, "Atletiko" forvardni 120 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Alvares joriy mavsum La Ligada 12 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!