PSJ besh futbolchi bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 06.09.2026 14:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Pari Sen-Jermen” ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida yarim himoyachilar Lukas Beraldo, Senni Mayulu, Joau Nevesh, Fabian Ruiz va himoyachi Vilyam Pacho bilan shartnomalar uzaytirilganini ma'lum qildi.

Mayulu, Beraldo, Pacho va Neveshning parijliklar klubi bilan mehnat shartnomalari 2031 yil yoziga qadar amal qiladi.

Ruizning shartnomasi esa 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.

Joriy mavsumda “Pari Sen-Jermen” UEFA Superkubogida Angliyaning “Aston Villa” jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etib, navbatdagi sovrinini qo'lga kiritdi.

Keyinroq parijliklar Fransiya Superkubogi uchun bahsda “Lans”ga (0:1) mag'lub bo'ldi. Liga 1 chempionatining joriy mavsumdagi dastlabki uchrashuvlarida esa parijliklar “Renn” va “Lill” bir xil – 2:2 hisobida durang o'ynab, “Monako”ga yutqazdi – 1:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!