PSJ bu futbolchidan bir yildayoq voz kechadigan bo‘ldi

  • 24 mart, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yozda “Lill” jamoasidan portugaliyalik yarim himoyachi Renatu Sansheshni transfer qilgan edi.

“Benfika” tarbiyalanuvchisi hisoblangan 25 yoshli markaziy yarim himoyachi parijliklarga 15 million evroga tushgan. Sanshesh PSJning yulduzli tarkibi ichida o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q. Uning o‘yini Angliya klublari nazariga tushdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Aston Villa”, “Liverpul”, “Nyukasl”, “Tottenxem” va “Vulverxempton” Renatuining iqtidorini yuqori baholamoqda. Shuningdek, “Milan” ham uni Italiyaga olib kelishni rejalashtirgan.

PSJ vaziyatdan foydalanib, 2027 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘yinchini yaxshi taklif bo‘lsa, sotib yubormoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!