PSJ: Bu hujumchi uchun zo‘r taklif, lekin sal kam!

  • 26.06.2026 18:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin Italiyanning “Milan” klubi kelasi chempionat oldidan tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirishga harakat qilayapti. Milanliklar Yevropa Chempionlar ligasi g'olibi “Pari Sen-Jermen”ga hujumchi Gonsalu Ramushni sotib olish bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqdi.

Bonuslar hisobga olinganda taklif qiymati 45 million evroga yetishi ko'rsatilgan bo'lsa-da, Parij klubi portugaliyalik forvard savdosidan 50 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida A Bola xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli futbolchi transferi bo'yicha tomonlar o'rtasidagi 5 million evrolik farq bitim amalga oshishiga jiddiy to'sqinlik qilmaydi.

“Milan” hujumchi uchunt kurashda Madriddning “Atletiko” klubi bilan raqobat kuchayib borayotgani sababli Ramush transferini tezroq yakunlashni istamoqda.

O'tgan mavsumda Ramush barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda ishtirok etib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 30 million evro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!