
PSJ bu transfer borasida shoshilmayapti
Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, PSJ "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olish fikridan qaytishi mumkin. Sababi futbolchining agenti muzokaralar ijobiy yakunlanmagan.
Frantsiyalik futbolchining hozirgi maoshi yiliga 17 million evroni tashkil qiladi, biroq avvalroq Pol Parijga ko‘chib o‘tish yoki Turinga qaytish uchun maoshini kamaytirishga tayyorligi xabar qilingandi.
Tayanch yarim himoyachisining “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi 2022 yilning iyunida yakuniga etadi. PSJ va “Yuventus” Pogbaga asosiy davogar hisobanadi.
Pol 2016 yildan beri "Manchester Yunayted"da to‘p tepadi. 2021/22-yilgi mavsumda yarim himoyachi “qizil iblislar” safida barcha turnirlar doirasidagi 27 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar