PSJ chiqishtirmayotgan to‘purarni olti grand talashmoqda

  • 21 may, 08:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning eng qudratli klubi PSJ 2023 yilning yozida “Benfika”dan Gonsalu Ramushni ijaraga olib, bir yil o‘ynatganidan keyin 65 million evroga to‘liq transfer qilgan edi.

Biroq hozirgi bosh murabbiy Luis Enrike portugaltyalik hujumchiga etarli darajada ishonch bildirmayapti. Ramush ayni paytda asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanmaydi.

23 yoshli forvard yozda jamoasini o‘zgartirishga qaror qilgan. Ramush darajasidagi to‘purar ishsiz qolmasligi aniq.

Todofichajes nashriga ko‘ra, hozirdan bu futbolchiga oltita grand klub ish taklif qilmoqda. Ramushni chorlayotgan klublar orasida  “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Nyukasl”, “Aston Villa”, “Yuventus” va “Napoli” kabi mashhur jamoalar bor.

PSJ bilan 2028 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 18 ta gol va oltita assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!