PSJ darvozaboni uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 19.12.2025 17:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov "Flamengo"ga qarshi Qit’alararo kubokning final bahsida chap qo‘lini sindirib oldi. Futbolchi jarohat tufayli kamida 3-4 hafta maydonga tusha olmaydi, deya xabar bermoqda "Pari Sen-Jermen" matbuot xizmati.

"Flamengo" bilan o‘yinda Safonov to‘rtta penaltini qaytardi va parijliklarga kubokni qo‘lga kiritishga yordam berdi. Matvey 2024 yilning yozidan beri PSJ sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda rossiyalik darvozabon klub miqyosidagi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi.

Shu tariqa, parijliklarning ikkala posboni Luka Shavele va Safonov klub lazeritida. Frantsiya kubogidan o‘rin olgan uchrashuvda esa, PSJ darvozasini 19 yoshli Renato Marin qo‘riqlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!