PSJ Enrique bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

  • 01.06.2026 23:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ va Luis Enrique shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Parij klubining bosh murabbiy bilan yangi shartnomasi, ehtimol, uch yoki to‘rt yilga mo‘ljallangan bo‘ladi, deb yozadi Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg. PSJ yaqin vaqt ichida kelishuvga erishilishiga shubha qilmaydi.

Enrique jamoani 2023 yil iyul oyidan beri boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida parijliklar uch marta Fransiya chempioni va mamlakat Superkubogi sohibi bo‘lishdi, 2 martadan YEChL va Fransiya kubogini qo‘lga kiritishdi, shuningdek, bir martadan Yevropa Superkubogi va Qit’alaro kubok g‘olibi bo‘lishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!