PSJ etakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi (foto)

  • 30 dekabr, 2022, 16:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi yarim himoyachi Marko Verratti bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Yangi kelishuvga ko‘ra, italiyalik yarim himoyachi parijliklar safida 2026 yil iyun oyiga qadar to‘p tepadi. Verratti 2012 yil PSJ tarkibiga kelib qo‘shilgan. Uning transferi uchun frantsuz klubi "Peskara"ga 12 million evro o‘tkazib bergan. 

Marko oxirgi 10 mavsum joriy jamoasida 398 o‘yin o‘tkazib, 11 gol va 48 assistni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ygan.

verratti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!