PSJ etakchisi "Bavariya"ga qarshi o‘yingacha tarkibga qaytishi kutilmoqda

  • 03.02.2023 17:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

PSJ etakchisi Serxio Ramos Frantsiya chempionati 21-turidan o‘rin olgan "Monpele"ga qarshi bellashuvni muddatidan oldin yakunladi.

Ispaniyalik himoyachi 32-daqiqada zaxiraga olindi va uning o‘rniga o‘yini Renatu Sanchesh davom ettirdi. "L'Equipe" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, uning jarohati jiddiy emas.

"El-Kapitano" Evropa Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Bavariya"ga qarshi uchrashuvga qadar safga qaytishi kutilmoqda. Bahs 14 fevral sanasida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Ramos joriy mavsum parijliklar tarkibida 28 o‘yinda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!