PSJ futbolchilari Chempionlar ligasi g'alabasi uchun katta mukofot oladi

  • 29.05.2026 16:09
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ futbolchilari Chempionlar ligasida g‘alaba qozonsa, har biri katta miqdordagi mukofot puliga ega bo‘ladi.

Parijliklar 30 may kuni musobaqa finalida "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi.

"L’Équipe" nashri ma’lumotiga ko‘ra, jamoa turnirda g‘olib bo‘lsa, har bir futbolchi taxminan 1 million yevro mukofot oladi. Huddi shunday summa o‘tgan yili ham belgilangan edi. O‘shanda PSJ finalda “Inter”ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan.

Manba ta’kidlashicha, Evropaning ko‘plab yirik klublarida bo‘lgani kabi, bonuslar mavsum boshidayoq muhokama qilingan. PSJ rahbariyati bilan muzokaralarni jamoa sardorlari Markin’os, Ashraf Hakimi, Usmon Dembele va Vitin’ya olib borgan.

Fransiya chempionatida ham parijliklarga bonuslar faqat chempionlik uchun to‘lanadi. Chempionlar ligasida ham huddi shu tamoyil amal qiladi. Chorak final yoki yarim final bosqichlari uchun beriladigan mablag‘lar “nisbatan ramziy” deb baholanmoqda.

Klub rahbariyati fikricha, futbolchilar uchun asosiy motivatsiya pul emas, balki sovrinlar bo‘lishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!