PSJ futbolchisi: "Messi meni o‘ldirmoqchi edi"

  • 19 iyun, 2022, 13:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes hujumchi Lionel Messi bilan yuzaga kelgan mojaro haqida gapirdi. 

Voqea parijliklarning 2020/21 yilgi mavsum Chempionlar ligasida Leo "Barselona"da o‘ynagan vaqtida sodir bo‘lgan. Nimchorak finalning ilk o‘yini 4:1 hisobida frantsuzlarning foydasiga yakunlangan bo‘lsa, javob bahsida 1:1 hisobi qayd etilgan. 

"Uning jahli chiqdi. Sababi, men sheriklarimga nimadir dedim, u esa buni eshitdi. Leoning jahli chiqib, menga urildi. Bu juda yomon holat edi. Messi meni o‘ldirmoqchi edi, men uyga yugurmoqchi bo‘ldim. 

Shundan so‘ng Argentina terma jamoasida uchrashdik. U o‘zini hech narsa bo‘lmaganday tutdi. Leo qanday inson ekanligini ko‘rsatdi. Sababi, munosabatlarimiz avvalgidek edi. 

Hozir bu hodisani eslab kulamiz, ammo baribir u o‘shanda juda yovuz qiyofada bo‘lgandi va aniq meni o‘ldirmoqchi edi", dedi Paredes. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!