PSJ futbolchisi Qatar klubiga ko‘chib o‘tdi

  • 07.09.2025 20:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Presnel Kimpenbe PSJni tark etdi. 

30 yoshli himoyachi Qatar klubi bilan shartnoma imzoladi. 

Kimpenbe Parij klubi mahsuloti sanaladi. U 2005 yildan akademiyada mashg‘ulotlarni boshlagan va 2014 yilda asosiy jamoada debyut qilgan. 

2023 yil fevral oyida u jiddiy jarohat oldi va deyarli ikki yil o‘tib maydonga qaytdi. 

Umumiy hisobda Kimpenbe PSJ safida 241 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan va 31 marotaba sardorlik bog‘ichi bilan maydonga tushgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!