PSJ himoyachisi: Xolandan qo‘rqmayman

  • 06.02.2020 19:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 6
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi himoyachisi Toma Mene “Borussiya” Dortmund forvardi Erling Xolandan cho‘chimasligini aytdi.

Ta’kidlash kerakki, PSJ Chempionlar ligasining 1/8 finalida aynan “Borussiya”ga qarshi o‘ynaydi. Xoland esa dortmundliklar safiga kelgach dastlabki 4 ta o‘yinda raqiblari darvozasiga 8 ta gol urishga erishdi.

“Xolanndan qo‘rqish? Men uni yaxshi bilmayman. U “Borussiya” safiga kelib qo‘shilgach juda yaxshi o‘yinlar namoyish eta boshladi. Biroq, ular shu bilan birga juda ko‘p gol o‘tkazib yuborishadi.

PSJ qog‘ozda istalgan jamoani yutishi mumkin. Hammasi bizning o‘zimizga bog‘liq”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Borussiya D” – PSJ uchrashuvi 18 fevral kuni Dortmundda bo‘lib o‘tadi. Javob bahsi esa 12 mart kuni Parijda o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
07/02/2020 07:27
ХОЛАНД 2019 ВА 2020 ЗАЛСБУРГДА УЙНАГАН БУЛСА КАНДАЙ КИЛИБ ДОРМУНД ТАРКИБИДА ЯНА УЙНАЙДИ ТУШИНТИРИННГ СПОРТ.УЗ
Temur Qodirov
06/02/2020 19:53
E guruxda livurpul napoli salzburg genk oxirgi uyinda livurpul 2 0 salzburg oynagandi bir eslap koring sport uz jurnalsti qanaqip yana Halland oynashi mumkin bu yilgi yozuvizni kelas yilga olip qoying
Ilxom Dusov
07/02/2020 00:53
Borussiya dortdmunga 6ttiku Holand dortmund psj ga qarshi 6ynaydiku
Temur Qodirov
07/02/2020 16:36
Bilaman òtganin ammo u plf E guruxida salzburg napoli gent livurpul oynagan guruxda oynaga Holland salzburg jamoada oynagani tarkibida oynagani uchun u tusholmidi
Temur Qodirov
06/02/2020 19:39
Bazida shu sport.uz yozuvchilarga xam xayron qolaman axr redbullda uynadiku qanaqip psj bn oynashi mumkin????????????
&
Admiral_uz
06/02/2020 19:18
Bu mavsum Holland UCHL da Red bull bilan o'ynadiku