
PSJ ikkita transfer ustida ishlamoqda
PSJ tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Tarkibiga Marko Asensio, Li Kan In, Manuel Ugarte kabi futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan Parij klubi yana ikkita transfer ustida ishlamoqda.
"FootMercato" nashri xabar berishicha, "Lion" vakili Bredli Barkola va "Sevilya" posboni Yassin Bunu PSJga o‘tishga rozi bo‘ldi. Endilikda klublar o‘zaro kelishib olishi kerak bo‘ladi.
Mish-mishlarga ko‘ra, jamoani tark etuvchilar ro‘yxati ma’lum bo‘lgan. Ular orasida Keylor Navas ham joy oldi. Uning keyingi manzili "Inter" bo‘lishi mumkin.
Fikrlar