
PSJ Neymarni transfer qilishdan qo‘rqyapti
PSJ rahbariyati katta maosh olayotgan Neymarning transferini amalga oshira olmasligi mumkin. Le Parisien nashrining yozishicha, parijliklar braziliyalik futbolchining jarohatlarga moyil bo‘lib qolgani uni boshqa jamoaga o‘tishiga to‘sqinlik qilishidan xavotirda.
Klub sport direktori Luish Kampush Neymar jarohatlari tufayli muhim uchrashuvlarda jamoaga yordam bera olmayotgani uchun undan tezroq qutilmoqchi bo‘lyapti. Qatardagi jahon chempionatida orttirilgan jarohat Neymarning kelajagiga salbiy ta’sir qilmoqda.
PSJ bor e’tiborini Kilian Mbappe atrofida yangi loyiha shakllantirishga qaror qildi. Shunga qaramay, klub yozda Neymardan qutila olmasligini biladi.
Chunki hech bir klub katta maosh talab qiladigan, lekin ko‘p jarohat oladigan o‘yinchini transfer qilishga ko‘nmaydi. Neymarning yangi jamoa tibbiy ko‘rigidan o‘tolmaslik ehtimoli katta.
Fikrlar