PSJ osiyolik darvozabon uchun oʻz yulduzini qurbon qiladi

  • 25.07.2026 18:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning yetakchi klublaridan biri PSJ Italiyaniñ «Parma» jamoasida to‘p surayotgan yapon darvozaboni Dzion Suzukini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. 

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, parijliklar 23 yoshli Yaponiya terma jamoasi posboni uchun joy bo‘shatish maqsadida fransuz darvozaboni Lyuka Shevalye bilan xayrlashishga tayyor.

Manba ma’lumoticha, PSJ bosh murabbiyi Luis Enrique tomonidan bildirilayotgan qiziqish Suzukini jiddiy o‘yga solgan. Unga «Yuventus» va «Aston Villa» klublari ham da’vogarlik qilmoqda. Shu bois yosh darvozabon kelajakda qaerda faoliyat yuritish borasida hali yakuniy qarorga kelmagan.

Dzion Suzuki AQShda tug‘ilgan, onasi — yapon, otasi esa ganalik ildizlarga ega amerikalik. U joriy yozda Yaponiya terma jamoasi darvozasini 2026 yildgi jahon chempionatida qo‘riqladi. O‘tgan mavsumda esa PSJning asosiy darvozaboni sifatida rossiyalik Matvey Safonov maydonga tushgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!