PSJ o‘ta qimmat futbolchini olmoqchi

  • 14.06.2026 12:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya chempionati va UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish maqsadida Angliya Premer-ligasidan tushib ketgan “Vest Xem” yarim himoyachisi Mateush Fernandesni transfer qilmoqchi.

Insayder Ben Jeykobning ma'lum qilishicha, futbolchiga “Manchester Yunayted” va “Arsenal” ham  jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Vest Xem Yunayted” 21 yoshli portugaliyalik futbolchini 2025 yil avgust oyida “Sautgempton”dan 44 million yevro va qo‘shimcha 4,5 million yevro evaziga sotib olgan.

Hozirda londonliklar uning narxini ikki barobardan ham yuqori baholamoqda. Futbolchining shartnomasida APLdan tushib ketish holati uchun maxsus band mavjud emas, ammo uning yozda sotilishi kutilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, “Vest Xem” Fernandes transferidan kamida 116 million yevro ishlab olmoqchi.

Yakunlangan mavsumda yarim himoyachi 42 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!