PSJ porlay olmagan ikki qimmatbaho yulduzni “Chelsi”ga o‘tkazib yubormoqchi

  • 22 iyul, 2024, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Pari Sen-Jermen” klubi  rahbariyati o‘tgan mavsumda o‘zini etarli darajada ko‘rsata olmagan hujumchilar Gonsalu Ramusha va Randal Kolo Muani xizmatidan voz kechishga qaror qilgan.

HITC nashrining yozishicha, parijliklar “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxenni qo‘lga kiritishiga bu ikki o‘yinchini qo‘yib yuboradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar o‘z hujumchilarini “Chelsi”ga taklif qilgan. “Aristokratlar” rahbariyati hali bu taklifga javob qaytargani yo‘q.

PSJ 23 yoshli portugaliyalik Gonsalu Ramushni olish uchun “Benfika”ga 65 million evro to‘lagan edi. “Ayntraxt”da porlagan Kolo Muani esa, poytaxtliklarga 95 million evroga tushgan.

Ayni paytda Transfermarkt portali har ikki o‘yinchining transfer narxi qariyb teng yarmiga arzonlagani qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!