PSJ prezidenti super trio tuzmoqchi
PSJ keyingi yilning yozida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Parij klubi prezidenti Nossir Al-Xelayfi Kilian Mbappe jamoa bilan yangi shartnoma imzolamasligini bilib turibdi. Shunga qaramay, parijliklar frantsuzni 2022 yilning yoziga qadar qo‘yib yubormoqchi emas. Rahbariyat futbolchi qarorini o‘zgartirmasligini tushunib turibdi, lekin uni keyinchalik tekinga ham qo‘yib yuborishga tayyor.
Al-Xelayfi doim Ronaldu, Neymar va Messi triosini birlashtirmoqchi bo‘lgan. Bu vaqtga kelib 37 yoshli portugaliyalik yulduz PSJ bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Keyinchalik u Qatarga yoki AQShga yo‘l oladi.
Fikrlar