PSJ qatarliklar davridagi 42-sovrini qo‘lga kiritdi

  • 31.05.2026 11:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ bosh murabbiy Luis Enrique qo‘l ostida ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Parijliklar bu mavsum Fransiya Superkubogi, UEFA Superkubogi, Qit’alararo kubok va Fransiya chempionatida ham zafar quchib, yana bir muvaffaqiyatli yilni ortda qoldirdi.

Shu tariqa, klub 2011/12 mavsumidan buyon, ya’ni qatorlik sarmoyadorlar tasarrufiga o‘tganidan keyingi 42-sovrinini qo‘lga kiritdi.

Ushbu sovrinlarning 38 tasi Fransiya ichki musobaqalarida qo‘lga kiritilgan.

Qiziq tomoni shundaki, shu davr mobaynida Fransiyaning boshqa barcha klublari jami 15 ta sovrin yutishga muvaffaq bo‘lgan. Ular orasida faqat "Lill" va "Lyon" bir martadan ko‘proq g‘olib chiqqan bo‘lib, har ikki klub hisobida ikkita sovrin mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!