PSJ qishki transferlar davrida "Milan"ning 2 nafar futbolchisini sotib olmoqchi
PSJ klubi joriy qishki transferlar davrida “Milan”ning 2 ta futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra parijliklar himoyachi Alessio Romanoli va yarim himoyachi Lukas Paketalarni tarkibga jalb etishmoqchi. Ular ushbu ikki futbolchi uchun “rossonerilar”ga 80 mln evro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Romanolli bu mavsum “Milan” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. 22 yoshli Paketa 13 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar