PSJ quyi ligaga tushib ketgan jamoa yulduzini olib ketadi
Frantsiya chempionati va Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblangan “Pari Sen-Jermen” tarkibini kuchaytirish maqsadida “Vest Xem” hujumchisi Krisensio Sammervillni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Footmercato nashri ma'lumotiga ko‘ra, Chempionshipga tushib ketganidan keyin futbolchi transfer uchun ochiq hisoblanmoqda. London klubi transferdan moliyaviy imkoniyatini mustahkamlash uchun foydalanmoqchi.
Hozircha PSJ tomonidan rasmiy taklif yuborilmagan.
Sammervill 34 uchrashuvda 7 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar