PSJ rahbariyati muxlislarga qarshi keskin chora ko‘rmoqchi
PSJ rahbariyati klub muxlislar uyushmasini tugatishi mumkin, deb xabar bermoqda L'Équipe.
Manba bergan xabarga ko‘ra, rahbariyat EChL 1/8 finalida "Real"dan (1:0, 1:3) uchralgan mag‘lubiyat va jamoaning musobaqani tark etishi ortidan muxlislar tomonidan bo‘layotgan munosabatdan norozi. Aytish kerakki, bir necha kun avval muxlislar rahbariyatga qarshi norozilik bildirishgan edi.
Shundan so‘ng rahbariyat muxlislarga Frantsiya chempionati doirasidan o‘rin olgan “Bordo”ga (3:0) qarshi o‘yinda muxlislarning bannerlarni ko‘tarishiga ruxsat bermadi. Bundan tashqari, jamoa rahbariyati klub qarorgohini qo‘riqlash uchun xususiy xavfsizlik kompaniyasi xodimlarini yollagani haqida ham xabarlar tarqaldi.

Fikrlar