PSJ "Real"dan keyin bu ishni uddalagan ikkinchi klub bo‘ldi

  • 31.05.2026 01:02
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ ketma-ket ikki mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqib, Yevropa futboli tarixidan o‘rin oldi.

Parijliklar finalda "Arsenal"ni mag‘lub etib, bosh sovrinni himoya qildi. O‘tgan mavsum esa Luis Enrique shogirdlari hal qiluvchi bahsda "Inter"ni 5:0 hisobida taslim etgan edi.

Shu tariqa, PSJ Chempionlar ligasi yoki Yevropa chempionlar kubogida ketma-ket ikki va undan ortiq marta g‘olib chiqqan to‘qqizinchi klubga aylandi.

Bungacha bu natijaga "Real", "Benfika", "Inter", "Ayaks", "Bavariya", "Liverpul", "Nottingem Forest" va "Milan" erishgan edi.

Qiziq, 1992 yilda musobaqa Chempionlar ligasi formatiga o‘tganidan beri faqat ikki klub ketma-ket ikki va undan ortiq marta chempion bo‘la olgan — "Real" (2016, 2017, 2018) va endi PSJ.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!