PSJ sardorini APLga chorlashmoqda
PSJ klubi himoyachisi Tyago Silva faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 35 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Everton" jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Agar u parijliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmasa va erkin agentga aylansa, “irischilar” uni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishadi.
Tyago Silva joriy mavsum PSJ safida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar