
PSJ sobiq futbolchisi “Real”ga o‘tishdan bosh tortdi
Yaqinda PSV bilan shartnoma imzolagan yarim himoyachisi Xavi Simons "Real"ga o‘tishdan bosh tortdi, deb xabar beradi “Marca” nashri.
Manbaga ko‘ra, 19 yoshli niderlandiyalik futbolchi PSVga o‘tishdan oldin Madrid klubining taklifiga rad javobini bergan. Buning asosiy sababi, u “Qirollik klubi” safida etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olishiga ishonchi komil emas edi.
Simons 2019 yilning yozida “Barselona”dan PSJga erkin agent maqomida o‘tgan. Yarim himoyachi 2022 yilning qishidan boshlab parijliklar asosiy jamoasi safida o‘ynadi. 1 iyul kuni uning klub bilan shartnomasi nihoyasiga etdi va erkin agentga aylandi.
O‘tgan mavsumda Simons PSJ tarkibida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Shuningdek, yarim himoyachi UEFA Yoshlar ligasida 7 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar