
PSJ uchinchi bor Ramosdan qutila olmadi
PSJ rahbariyatining Serxio Ramosdan qutilish uchun amalga oshirgan uchinchi harakati ham barbod bo‘ldi.
El Nacional nashrining yozishicha, “Pari Sen-Jermen” ispaniyalik himoyachi bilan ikki yillik bitim tuzganida uning yillik maoshini 20 million evro qilib belgilagan. Biroq, yoshi o‘tib qolgan Ramos jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmayapti.
“Real”ning sobiq sardori Parijga kelganidan beri 13 ta uchrashuvda ishtirok etdi xolos. Parijliklar uni jamoadan ketishga ko‘ndirmoqchi. Biroq, bu gal ham ularning urinishi samara bermadi.
PSJga bosh murabbiylik qilishi kutilayotgan Kristof Galte ham klub rahbariyatiga Serxio Ramosga ishonch bildirmasligini ma’lum qilgan.
Fikrlar