PSJ va "Barselona" ko‘zlayotgan futbolchi uchun "Nyukasl" ham kurashga qo‘shildi

  • 12.10.2021 15:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Yaqindagina saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tgan "Nyukasl" klubi "Milan" yarim himoyachisi Frank Kessening xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, APL klubi 24 yoshli futbolchi bilan mavsum yakunlangach shartnoma imzolamoqchi. Aytish kerakki, yozda Kessening “rossonerilar” bilan amaldagi kelishuvi ham o‘z nihoyasiga etadi va u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Bundan avvalroq, Kessega "Barselona" va PSJ klublaridan ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Frank Kesse joriy mavsum "Milan" safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!