
PSJ va “Lion” o‘yinchilari arzonlab ketdi. Oladigan bormi?
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Frantsiya chempionatida o‘ynayotgan ayrim futbolchilarning narxlarini yangiladi.
Ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, bir necha o‘yinchining transfer summasi arzonladi. Narxi eng ko‘p tushib ketgan ikki futbolchi – PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe va “Lion” yarim himoyachisi Korenten Tolissa bo‘ldi.
Bu o‘yinchilarning har ikkisi 6 million evroga arzonlagan.
Ayni paytda Presnel Kimpembe 22 million evroga baholanmoqda. Korenten Tolissoni olmoqchi bo‘lgan jamoalar taklifni 8 million evro atrofida shakllantiradi.
Fikrlar