Asosiy mazmunga oʻtish

«PSJ» Xvicha Kvaratsxeliyaга Bundesligadan o‘rinbosar topdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«PSJ» jarohat olgan Kvaratsxeliya o‘rniga «Bayer» yarim himoyachisi Ibrohim Mazani qishki transfer oynasida 50 mln yevro atrofida sotib olmoqchi

«PSJ» rahbariyati «Bayer»ning yosh aljirlik yarim himoyachisi Ibrohim Mazaga qiziqish bildirmoqda.

Insayder Braim Khanifining ma'lumotiga ko‘ra, Parij klubi 20 yoshli futbolchini yaqinda tizza bog‘lamlaridan og‘ir jarohat olgan va uzoq muddatga safdan chiqqan gruziyalik yarim himoyachi Xvicha Kvaratsxeliyaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Gruziyalik futbolchi maydonga kamida to‘qqiz oydan keyin qaytishi mumkin.

Qayd etilishicha, «PSJ» Mazani qishki transfer oynasidayoq o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Mutaxassislar aljirlik futbolchining transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ibrohim Maza joriy mavsumda «Bayer» safida Germaniya chempionatining oltita uchrashuvida maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q