PSJ yangi darvozabon bilan shartnoma imzoladi

  • 8 avgust, 23:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ "Lill" darvozaboni Lyuka Shevaleni o‘z safiga qo‘shib oldi. "ESPN" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, transfer 40 million evro va 15 million evro bonuslar bilan rasmiylashgan. 23 yoshli frantsuz Parijda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va besh yillik shartnomaga imzo chekdi. Rasmiy e’lon yaqin soatlarda kutilmoqda.

Tecno

Shevale PSJning asosiy darvozaboniga aylanadi. Bu esa Janluiji Donnarummaning jamoani tark etishiga olib kelishi mumkin.

Lucas CHEVALIER of LOSC during the friendly match between Lille and Venezia at Domaine de Luchin on August 6, 2025 in Lille, France.

Ma’lumotlarga ko‘ra, italiyalik posbonga "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Inter" qiziqish bildirgan va ular allaqachon uning agenti Entso Rayola bilan aloqaga chiqishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!