
PSJ yozda "Yuve" va "Barsa" ko‘zlayotgan futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi
"Pari Sen-Jermen" klubi "Milan" himoyachisi Teo Ernandesga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Le10sport nashri xabar tarqatyapti.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, parijliklar 22 yoshli frantsuz futbolchisini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. Ushbu transfer esa 25 mln evroga baholanmoqda.
Bu borada PSJga “Yuventus” va “Barselona” raqobat ko‘rsatishi mumkin.
“Milan” Ernandesni bir yil muqaddam 20 mln evro evaziga “Real”dan sotib olgan edi. U joriy mavsum 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar