PSJ zo‘r himoyachini Angliyaning uch klubi bilan talashyapti

  • 12.10.2026 18:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi, Angliyaning «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Arsenal» jamoalari «Portu»ning o‘ng qanot himoyachisi Albertu Koshtani o‘z safiga qo‘shishdan manfaatdor.

Caught Offside agentlik sohasiga yaqin manbalarga tayanib, ushbu klublar 23 yoshli futbolchini faol kuzatayotganini xabar qildi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, hozircha rasmiy takliflar kelib tushmagan. Qiziqish bildirayotgan klublar hali o‘rganish va tahlil bosqichida. Koshtaning «Portu» bilan shartnomasida 65 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan. Ushbu summaning 10 foizi portugaliyalik futbolchining sobiq klubi — Turinining «Yuventus»iga tegishi kerak.

Xabar qilinishicha, ehtimoliy transferdagi murakkablik Koshtaning amaldagi klubi bilan shartnoma muddati bilan bog‘liq. Himoyachi o‘tgan yozda «Yuventus»dan 15 million yevro evaziga «Portu»ga o‘tgan va klub bilan 2030 yil iyuniga qadar shartnoma tuzgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!