PSJda EChL o‘yini oldidan jiddiy yo‘qotishlar mavjud

  • 18.10.2021 21:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

PSJning EChL doirasidagi "Leyptsig"ga qarshi uchrashuvini Neymar, Ramos va Paredes o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi. 

O‘tgan hafta Braziliya terma jamoasidan qaytgan Neymar son sohasida og‘riqqa duch keldi. Shu tufayli, braziliyalik vinger Parij klubiga yaqin kunlardagi uchrashuvlarda yordam bera olmaydi. 

Hali Pari Sen-Jermen safida maydonga tushmagan Ramos ham hozircha tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Paredes Argentina terma jamoasi safida jarohat oldi. Katta ehtimol 27 yoshli futbolchi yaqin 1 oyda maydonga tusha olmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, PSJ - "Leyptsig" uchrashuvi seshanba oqshomida bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!