
PSJdan yulduzlar voz kecha boshladi. Birinchi nomzod argentinalik!
Maurisio Pochettino "Manchester Yunayted"ni boshqarishni istamoqda.
"Daily Mail" nashrining yozishicha, argentinalik o‘zini ushbu lavozimga eng ustuvor nomzod deb hisoblasagina Manchesterga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘ladi. Klub murabbiyni u eng yaxshi nomzod ekanligiga ishontirishi lozim.
Pochettinoning o‘zi Angliyaga qaytmoqchi. U avval "Tottenxem" bosh murabbiyi sifatida APLda ishlagan. PSJdagi davri mobaynida esa, 14 oy mehmonxonada yashagan, oilasi esa Londonda qolgan.
Xabar qilinishicha, "qizil iblislar"da yana bir variant bor. "Ayaks" murabbiyi Erik ten Hag ham "tumanli albion"ga ko‘chib o‘tish uchun nomzod hisoblanadi.
Fikrlar