PSJga qarshi o‘yinda Erling Xoland jahon rekordini yangilashi mumkin edi
"Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Xoland UEFA Chempionlar ligasi PSJga qarshi o‘yinda jahon rekordini yangilashi mumkin edi.
Sky Italia nashri xabariga ko‘ra, norvegiyalik futbolchi 60 metr masofani 6.64 sekundda bosib o‘tgan.
Ushbu masofa bo‘yicha jahon rekordi 6.34 sekundni tashkil qiladi. Bunday natijani 2018-yilda amerikalik Kristian Koulman qayd etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Signal Iduna Park"da bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi bahsida Erling Xoland dubl sohibiga aylandi.

Fikrlar