
PSJni tark etadigan yulduzlar nomi e’lon qilindi
PSJ rahbariyati to‘purar hujumchi Edinson Kavani va jamoa sardori Tyagu Silva mavsum yakunlanishi bilan jamoani tark etishini tasdiqladi. Har ikki futbolchining shartnomasi tugayapti va ular erkin agentga aylanadi.
33 yoshli Kavani PSJ tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Urugvaylik hujumchi 2013 yildan buyon 200 marta to‘p kiritgan. Uning “Atletiko” bilan kelishuvi borligi aytilmoqda.
35 yoshli Silvaning ishi sal murakkab. Bu futbolchi 2022 yilgi jahon chempionatida qatnashish istagida. Braziliya terma jamoasidan chaqiruv olishi uchun Evropaning kuchli klublarida to‘p surishi lozim. Tyagu “Milan” safiga qo‘shilishga harakat qiladi.
Fikrlar