
PSJning yana bir futbolchisi "Real"ga o‘tib ketishi mumkin
"Mundo Deportivo" nashrining xabariga ko‘ra, Parij klubi madridliklarning qiziqishi tufayli Ashraf Hakimini yangi shartnoma imzolashga ko‘ndirmoqchi.
Hakimining PSJ bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar imzolangan. Nashr "qirollik klubi" PSJ hamda Marokash terma jamoasining o‘ng qanot himoyachisini keyingi yozda tekinga olib kelishga urinayotgani, hattoki uni shu yozning o‘zida sotib olishi mumkinligi haqida xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Hakimi 2006-2020 yillar oralig‘ida "los-blankos" yoshlar va asosiy klub tarkibida to‘p tepgan.
Fikrlar