
PSV futbolchisi raqibining tishlarini to‘kib tashladi (video)
PSV klubi forvardi Konstantinos Mitroglu Gollandiya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan AZ jamoasiga qarshi o‘yinda raqib himoyachisi Pantelis Xatsidyakosga nisbatan juda qo‘pol o‘yin ko‘rsatdi.
Aniqrog‘i, Mitroglu o‘yinning 80-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda to‘p uchun kurashda chig‘anog‘i bilan Xatsidyakosning yuziga zarba berib yubordi. Natijada Xatsidyakosning old qismidagi 2 ta tishi sinib ketdi.
Quyida ushbu holatga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin:
Fikrlar