
Pul futbolchilarning salomatligidan muhimmi?
Kecha Germaniyada koronavirus tufayli to‘xtatib qo‘yilgan chempionat o‘yinlari muxlislarsiz o‘tkazish sharti bilan tiklandi. Ayrim muxlislar esa bundan norozi bo‘lmoqda.
T-online.de sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Kyolnda muxlislar shaharning turli burchaklarida mavsumning davom ettirilishiga qarshi plakatlar joylashtirishdi. “Bizning pullarimiz sizning sog‘ligingizdan muhimroq. Har qanday holatda ham Bundesliga!”, - deb yoziladi plakatlarda.
“Kyoln” hozir “Maynts”ga qarshi bahs olib bormoqda va 1:0 hisobida g‘alaba qozonyapti.
Fikrlar